UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ishchi guruh a’zolari ko’p kvartirali uylarni mavsumga tayyorligi, boshqaruv tashkilotlarida aholi qulayligini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni o’rganish maqsadida poytaxtimizning Chilonzor tumanida bo’ldilar

Xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining tegishli topshirig’i asosida O’zbekiston Respublikasi Administratsiyasi, Prokuratura, vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tashkil etilgan bo’lib, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, aholini energiya resurslari bilan ta’minlash chora-tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Bugun ishchi guruh a’zolari ko’p kvartirali uylarni mavsumga tayyorligi, boshqaruv tashkilotlarida aholi qulayligini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni o’rganish maqsadida poytaxtimizning Chilonzor tumanida bo’ldilar. Xususan, tumanning “Shuhrat” mahallasida joylashgan 71 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi “Mohinur kommunal” BSK ish faoliyati o’rganildi. 

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva mas’ullarni kompaniya tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi. Shu bilan birga ko’p qavatli uylarning yerto’la qismlari shayligi hamda ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimining sifati o’rganildi.

Mutasaddilar “Naqqoshlik” mahallasida ham bo’ldilar. Aholi bilan suhbatda bo’lib, ularning sohaga doir muammolarini tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar o’zaro muhokama qilinib, ijobiy hal etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga kelishib olindi.