Ishchi guruh ayni paytda Qo’qon shahrida bo’lib turishibdi
2024-11-02
Bu yerda shahar hokimi Ma’ruf Usmonov bilan birga vazir o’rinbosari Toir Alimatov hududda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko'zdan kechirishdi.
Xususan, Movorounnahr ko’chasida ma’nan eskirgan 2 qavatli binolar o'rnida barpo bo'layotgan 9 qavatli obyektning sifati tahlil qilindi.
Umumiy holat qoniqarli. Jarayonda mutasaddilarga quruvchilar uchun munosib sharoit yaratish, xavsizligini ta'minlash va qurilish ishlarini jadalashtirish bo’yicha topshiriqlar berildi.