Ishchi guruh o’rganish ishlarini davom ettirmoqda
Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining tegishlicha topshirig’i bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prokuratura va vazirlik mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, issiqlik ta’minoti korxonalarining faoliyati, aholini energiya resurslari bilan ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganib kelmoqda.
Bugun vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o’rinbosari Shohrux Aminov, Toshkent shahar prokurori o’rinbosari Habibulla Mirsoatov bilan birgalikda ko’p kvartirali uylarni mavsumga tayyorligi, boshqaruv tashkilotlarida aholi qulayligini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni o’rganish maqsadida poytaxtimizning Sergeli tumanida bo’lib, mavjud holatni tanqidiy-tahliliy o'rgandilar.
Xususan, tumandagi ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi “Hayot kommunal” BSK ish faoliyati o’rganildi. Shu bilan birga ko’p qavatli uylarning yerto’lasi, texnik shayligi hamda ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimining sifati ko'zda kechirildi.
Mas’ullarga ish sifatini yaxshilash yuzasidan ko'rsatma va topshiriqlar berildi.