Ishchi guruh Yunusobod tumani Amir Temur ko’chasidagi ko‘p qavatli turar joyni ko‘zdan kechirish bilan monitoringni davom ettirdi
2024-09-21
Ishchi guruh Yunusobod tumani Amir Temur ko’chasidagi ko‘p qavatli turar joyni ko‘zdan kechirish bilan monitoringni davom ettirdi. Obyekt buyurtmachisi “Renovation Star” MChJ hisoblanadi.
Jarayonda ijro hujjatlarida kamchiliklar aniqlandi va konstruksiyalarni kuchaytirish bo’yicha qilingan ishlar yuzasidan tasdiqlangan loyiha taqdim etilmadi.
Holat yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, qurilish me'yorlariga hamda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish lozimligi tushuntirildi.




