UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ishchi guruhi poytaxtimizdagi mukammal ta’mirlash jarayonida bo‘lgan maktablarni ko‘zdan kechirmoqda

Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari T. Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi poytaxtimizdagi mukammal ta’mirlash jarayonida bo‘lgan maktablarni ko‘zdan kechirmoqda.

 Ishchi guruhining dastlabki manzili Yunusobod tumani “Yangiariq” mahallasi hududida joylashgan 96-sonli maktab bo‘ldi. Tekshiruv davomida maktab binosining holati, ayniqsa, gidroizolyatsiya bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilar uchun shinam, xavfsiz va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish bugungi kunning ustuvor vazifasi ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlari sifati, qurilish materiallarining standartlarga muvofiqligi, shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi va pudratchi tashkilotlar faoliyati yuzasidan ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.