Ishchi guruhi tomonidan fuqarolarning arizasiga binoan Toshkent shahri Uchtepa tumani 25-mavzeda joylashgan ko'p kvartirali turar joyning holati o'rganilmoqda
Ayni paytda ishchi guruhi tomonidan fuqarolarning arizasiga binoan Toshkent shahri Uchtepa tumani 25-mavzeda joylashgan ko'p kvartirali turar joyning holati o'rganilmoqda. Xabar berilishicha, uyga tutash hududda joylashgan bostirmaning pastki qismi, ya'ni zinapoya osti noqonuniy o'zlashtirilgan.
Inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga holatni o‘z ixtiyori bilan bartaraf qilish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ogohlantirish xati berildi.
Agar ogohlantirish xatida berilgan muddat ichida mulkdor ushbu holatni o'z ixtiyori bilan bartaraf etmasa, unga nisbatan MJtKning 159-moddasi 3-qismi bilan ma‘muriy jarima qo‘llanilib, majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da'vo arizasi kiritiladi.




