Isitish va sovutish tizimlarida yuqori energiya samaradorligiga erishish boʻyicha Oʻzbekistonning milliy dasturini tayyorlash uchun grant
2025-07-08
Isitish va sovutish tizimlarida yuqori energiya samaradorligiga erishish boʻyicha Oʻzbekistonning milliy dasturini tayyorlash uchun grant (P181922)
EKOLOGIK VA IJTIMOIY MAJBURIYATLAR REJASI
- Oʻzbekiston Respublikasi (keyingi oʻrinlarda “Qabul qiluvchi” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ishtirokida taklif etilayotgan Isitish va sovutish tizimlarida yuqori energiya samaradorligiga erishish boʻyicha Oʻzbekistonning milliy dasturini (keyingi oʻrinlarda “Dastur” deb yuritiladi) tayyorlash uchun muayyan tadbirlarni (keyingi oʻrinlarda “Tadbirlar” deb yuritiladi”) amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Buning uchun u Kelishuv xatida (keyingi oʻrinlarda “Kelishuv” deb yuritiladi) koʻrsatilganidek, tayyorgarlik granti soʻragan. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda “Bank” deb yuritiladi) loyihalarni tayyorlash uchun Grant jamgʻarmasining ishonchli boshqaruvchisi sifatida ishtirok etib, yuqorida koʻrsatilgan Kelishuvda belgilanganidek, Tadbirlarni moliyalashtirish uchun grant ajratishga rozilik berdi.
- Qabul qiluvchi bu Tadbirlarning Ekologik va ijtimoiy standartlarga (EIS) va mazkur Ekologik va ijtimoiy majburiyatlar rejasiga (EIMR) muvofiq Bank uchun maqbul tarzda amalga oshirilishini kafolatlashi lozim. EIMR Kelishuvning bir qismi hisoblanadi. Agar ushbu EIMRda boshqacha tartib-qoida belgilanmagan boʻlsa, ushbu EIMRda qoʻllaniladigan bosh harflar bilan yozilgan atamalar yuqorida koʻzda tutilgan Kelishuvda ularga berilgan taʼriflarga koʻra qoʻllaniladi.
- Yuqoridagilar bilan cheklanmagan holda, mazkur EIMR Qabul qiluvchi bajarishi yoki bajarilishini taʼminlashi kerak boʻlgan muhim choralar va harakatlarni, shu jumladan, tegishliligiga koʻra, ularning muddatlari, institutsional, kadrlar, oʻquv, monitoring va hisobot kelishuvlari, hamda shikoyatlarni boshqarish tizimlarini belgilaydi. EIMRda, shuningdek, Bank uchun maqbul boʻlgan shakl va mazmunda, EISga muvofiq Tadbirlar uchun tayyorlanishi yoki yangilanishi, koʻrib chiqilishi, eʼlon qilinishi va amalga oshirilishi zarur boʻlgan atrof-muhit va ijtimoiy masalalarga oid hujjatlar ham keltirib oʻtiladi. Atrof-muhit va ijtimoiy masalalar boʻyicha koʻrsatilgan bu hujjatlar vaqti-vaqti bilan, Bankning oldindan yozma roziligi asosida qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Eslatib oʻtilgan Kelishuvda nazarda tutilganidek, Qabul qiluvchi EIMRni amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun yetarli mablagʻlarni taʼminlashi zarur.
- Bank va Qabul qiluvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, zarurat tugʻilganda, Tadbirlarni amalga oshirish jarayonida bu Tadbirlar bilan bogʻliq oʻzgarishlar va kutilmagan holatlarni qulay tarzda boshqarishni koʻrsatib berish uchun yoki Tadbirlar samaradorligini baholash maqsadida, ushbu EIMR vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqiladi. Bunday holatlarda Bank va Qabul qiluvchi ushbu oʻzgarishlarni koʻrsatib berish uchun EIMRni Bank va Kelishuvda koʻrsatilgan Qabul qiluvchining vakili yoki Qurilish, uy-joy qurilishi va kommunal xoʻjalik vaziri tomonidan imzolangan xatlar almashinuvi orqali yangilashga rozilik beradi. Qabul qiluvchi yangilangan EIMRni darhol eʼlon qilishi lozim.