UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Isitish, ventilyatsiya, konditsionerlash, suv ta’minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari va qayta tiklanuvchi energiya manbalari – Aquatherm Tashkent 2024 ko‘rgazmasi

Ayni daqiqalarda Isitish, ventilyatsiya, muqobil energiya, suv ta’minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari - Aquatherm 12-xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

Ta’kidash lozimki, mazkur koʻrgazmaning qurilish va kommunal soha segmentidagi ahamiyati juda yuqori. 

Zero, Aquatherm Tashkent – HVAC texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalar, yangiliklar va innovatsiyalarni taqdim etuvchi O‘zbekistondagi yagona sanoatga ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, ko’rgazma ishi joriy yilning 4-oktabr kuniga qadar davom etadi.


12-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, konditsionerlash, suv ta’minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari va qayta tiklanuvchi energiya manbalari – Aquatherm Tashkent 2024» ko‘rgazmasi shahar infratuzilmasining jadal rivojlanishi va energiya samaradorligi talablarining ortishi bilan dunyoning turli burchaklaridan kelgan yetakchi mutaxassislar va ekspertlarni birlashtirgan g‘oya va innovatsiyalar almashish uchun noyob platformani taqdim etmoqda.

Ko‘rgazmada eng yangi texnologiyalar sohasida faoliyat yuritadigan xalqaro va mahalliy kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etib, tashrif buyuruvchilarga nafaqat ilg‘or mahsulotlar bilan tanishish, balki qimmatli biznes aloqalarini o‘rnatish imkonini yaratilmoqda. Bu yilgi ko‘rgazmada ham 12 mamlakatdan 190 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Xususan, Bolgariya, Germaniya, Italiya, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Turkmaniston, Ukraina, Xitoy, Chexiya, Eron mamlakatlaridan kelgan ishlab chiqaruvchi korxonlaro‘zlarining sohaga doir ishlanmalari bilan faol qatnashmoqdalar. 

Eslatib o'tamiz, ko'rgazma joriy yilning 4-oktabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.