JARAYON
Toshkent shahar Qurilish va uy- joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi qurilish ishlari va ishchi xizmatchilarning mehnat muhofazasi bo‘yicha navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Manzil Mirobod tumani Qo'yliq-3 dahasidagi buyurtmachi “Great City” MCHJ tomonidan qurilayotgan "Salom Qo'yliq” ko'p qavatli turar-joy majmuasi.
O'rganish davomida ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi. Ish haqlarini o'z vaqtida berish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, xodimlarning mehnatni muhofaza qilishga oid muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek bunday hamkorlikdagi o‘rganish ishlarini doimiy ravishda amalga oshirishga kelishib olindi.