UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

JARAYON

Ozoda Jo'rayeva - Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari 
      
Sohada aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish va takroriy murojaatlar kelib tushishining oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda: 
     -  jumladan, xalq qabulxonalari bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, barcha viloyatlarda soha tashkilotlarining bir nafardan mas’ul xodimlari Xalq qabulxonasiga doimiy biriktirildi;
     -  murojaatlar soni oshgan hududlarga alohida e’tibor berilgan holda barcha viloyatlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda; 
     -  tizim tashkilotlari tomonidan Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda seminarlar tashkil etish yo‘lga qo‘yildi;
     -  hududiy boshqarmalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori talablariga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida vazirlikning markaziy apparati, viloyat boshqarmalari va quyi tashkilotlar jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlarning malakalari oshirildi;
     - vazirlik tizimiga fuqarolar o‘z murojaatlarini o‘zlariga qulay usulda ya’ni, og‘zaki, yozma, tun-u kun faoliyat ko‘rsatayotgan - 1298 qisqa raqamli dispetcherlik xizmati, internet, portallar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali kiritishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.

 

Ta'kidlanganidek, joriy yilning  birinchi yarim yilligida  vazirlikka jismoniy va yuridik shaxslardan jami 8 055 ta murojaat kelib tushgan. 
     Xususan:
- qurilish va bino-inshootlariga tegishli yo‘nalishda - 5 901 ta; 
- uy-joylarning umumiy mulkini saqlash, ta’mirlash hamda boshqaruv tashkilotlarning faoliyati bo‘yicha - 1 158 ta;
- issiqlik ta’minotiga tegishli masalalar yuzasidan - 187 ta;
- boshqa masalalar bo‘yicha - 508 ta murojaatlar ro‘yxatga olingan.
     
 Ko‘rib chiqish natijalari quyidagicha:
- 3 289 ta murojaat ijobiy hal etilgan;
- 3 195  ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berilgan; 
- 256 tasi tegishliligi yuzasidan boshqa tashkilotlarga yo'naltirilgan;
- 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan;
- 1 277 tasini ko‘rib chiqish tugatilgan;
- 37 tasi ayni vaqtda ijro jarayonida.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva boshchiligidagi mutasaddilar deputatlarning qurilish obyektlaridagi sifat nazorati, shaharsozlik normalari, ichimlik suv ta’minotidagi mavjud muammolar, koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish tizimi, liftlar ekspluatatsiyasi bilan bogʻliq savollariga javob bermoqdalar. Shuningdek, ularning chekka hududlarda ichimlik suv minorasini oʻrnatish, oqova suv tizimini loyihalashtirish asnosida takomillashtirish, qurilish obyektlari ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish boʻyicha taklif-mulohazalari qabul qilinmoqda.