UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

JARAYON

Koʻp qavatli uylarning taqdiri, xoh u eski boʻlsin, xoh yangi koʻp jihatdan ijtimoiy faol aholi vakillarining mas’uliyatiga bogʻliq. Ularning oʻz vaqtida qilgan murojaatlari muammoli holatlarni oʻz vaqtida oldini olishga xizmat qiladi. Ana shunday holat bugun poytaxtimizning Yangihayot tumanida kuzatildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Yangihayot tumani Uzar koʻchasida aholi istiqomat qilishi uchun 1 yil avval topshirilgan 70, 71, 72, 73-son yangi qurilgan uylarni oʻrganganda koʻp qavatli uylar atrofidagi yashil maydonlarni sugʻorish, koʻkalamzorlashtirishdan keyingi suv yertoʻlalarga oqib tushayotgani aniqlandi. 7 qavatdan iborat uylardagi mazkur holatga e’tibor berilmaganda, koʻp sonli aholi istiqomat qiladigan uyda choʻkish, darz ketish oqibatlari kuzatilishi mumkin edi. Jarayonga ushbu uylarni qurgan quruvchi tashkilot, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi, mazkur uylarga xizmat koʻrsatayotgan boshqaruv tashkilotlari mas’ullari jalb qilinib, muammoni tezkor bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Quruvchi tashkilot tomonidan koʻp qavatli uylar izolyatsiya qilinib, 3-4 kunda muammo bartaraf etiladigan boʻldi.

Biz koʻpchilik oilalarning taqdiri, xavfsizligiga mas’ulmiz. Bitta xato kechirilmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois har bir xatti-harakatimizda mas’uliyatni his qilishimiz darkor, - dedi Ozoda Joʻrayeva.