UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlariga bag’ishlangan qabul davom etmoqda.

Jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlariga bag’ishlangan qabul davom etmoqda.

Hozirga qadar vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva boshchiligidagi mas’ullar aholining 10 dan ziyod murojaatlarini qabul qildi.

Xususan, ko’p kvartirali uyga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkiloti ochish tartibi, asossiz qarzdorlik, billing tizimi, boshqaruv tashkiloti faoliyatidan norozilik, ichki muhandislik tarmoqlarini yangilashda mulkdorlar tomonidan ko’rsatilayotgan qarshiliklar va boshqa masalalar tegishli tartibda qayd etildi. Mazkur murojaatlarning aksariyatiga qabulning o’zidayoq ijobiy yechim berilmoqda. Shuningdek, ikkita murojaat yuzasidan aholiga huquqiy tushuncha berilgan bo’lsa, 1 ta murojaat joyiga chiqqan holda o’rganish va masala mohiyatini tahlil etishga kelishib olindi.

- Eng asosiy maqsadimiz sohani zamon talablari asosida yangi bosqichga olib chiqish. Bu yo’lda hali amalga oshirishimiz lozim bo’lgan ishlar yetarli. Zero, uylarni tartibli saqlashdan barcha manfaatdor. Shu bois ushbu jarayonga hamma o’z mas’uliyati bilan yondoshishi shart,- dedi Ozoda Jo’rayeva.