UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Jizzax shahri Jizzaxlik MFY X.Nosirov koʻchasi hududida joylashgan mavjud koʻp qavatli turar joy (MUNOSABAT)

Jizzax shahri Jizzaxlik MFY X.Nosirov koʻchasi hududida joylashgan mavjud koʻp qavatli turar joy binosining yonidagi yer maydonidan fuqaro I.Abdullayevga goʻsht doʻkoni qurilishiga Jizzax shahar hokimining 2004-yil 15-martdagi qaroriga asosan 16.0 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan.

Loyiha -smeta hujjatlari “CREATIVE PROJECT”MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan. Jizzax shahar qurilish boʻlimi tomonidan 2022-yil 11-noyabrda Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi xulosasi bilan yengil konstruksiyali savdo shoxobchasi oʻrnatishga kelishuv xulosasi berilgan. 

Keyinroq Jizzax shahar hokimining X.Nosirov koʻchasida joylashgan savdo doʻkonlarini buzib, yer maydonini shahar hokimligi zaxira fondiga qaytarib olish toʻgʻrisidagi qarori bilan fuqaro I.Abdullayevga tegishli goʻsht doʻkoni buzilib, yer uchastkasi hokimlik zaxirasiga olinishi bildirilgan va fuqaroga Jizzax shahar hokimining qarori bilan yerga boʻlgan huquq bekor qilinganligi va bu bilan Arxitektura-shaharsozlik kengashi ishchi organining 2022-yil 11-noyabrdagi xulosasi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan.

Ammo fuqaro huquqiy hujjatlar bekor qilinganligini bilgan holatda oʻzboshimchalik bilan poydevor qurilish ishlarini amalga oshirgan. 16.0 kv.metr yer maydonidagi yengil konstruksiyali qurilish obyekti xavflilik omili past I toifadagi obyekt hisoblanadi.  I toifadagi qurilish obyektlarini o‘rganish inspeksiyaning nazorat funksiyasiga kirmasligini ma'lum qilamiz.