Jizzax shahri “Zargarlik” MFY hududidagi ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash va atrofni obodonlashtirish borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda
Jizzax shahri “Zargarlik” MFY hududidagi ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash va atrofni obodonlashtirish borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, mahalladagi 4 ta 4 qavatli uyni mukammal ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, infratuzilma obyektlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Qishloqqurilishloyiha” DM Jizzax filiali tomonidan namunaviy shaklda ishlab chiqilgan loyiha doirasidagi ta’mirlash ishlarida 100 nafarga yaqin ishchi xodimlar mehnat qilmoqda.
Bugungi kunda uylarning fasad qismlari bazalt bilan qoplanmoqda. Shuningdek, yo‘laklarni betonlash, bordyurlarni yangilash ishlari davom ettirilyapti. Qolaversa, turli infratuzilma obyektlari, jumladan bolalar va sport (work out) maydonchalari ham tashkil etilmoqda.
Shuningdek, mahalla hududidagi elektr xo‘jaligi obyektlari - transformatorlar va qavatlararo elektr taqsimlovchi shitlar mukammal ta’mirlanyapti.