UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Jizzax shahridagi “Zargarlik” mahallasi obodonlashtirilmoqda

Jizzax shahrining “Zargarlik” mahallasida koʻp qavatli uylar va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Koʻp qavatli uylar mukammal taʼmirlanyapti. Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi shu kabi amaliy ishlarni koʻzdan kechirdi. 

Mahalla hududidagi  uylarning fasad qismlari bazalt qoplamasi bilan qoplanib, mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, tutash yer maydonlari obodonlashtirilib, yoʻlaklarni beton bilan qoplash ishlari davom ettirilyapti.

Mahalla hududida bolalar va sport maydonchalari, chiqindi yigʻish shaxobchalari qurildi. Shuningdek, uylarning tom qismini taʼmirlash, framuga romlarni oʻrnatish, bordyurlarni yangilash va irrigatsiya tarmoqlarini oʻrnatish ishlari amalga oshirildi.

Obodonlashtirish ishlariga shahar obodonlashtirish boshqarmasi, elektr taʼminoti, gaz va suv taʼminoti xizmatlari hamda koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari jalb qilindi.

Shuningdek, hududdan 120 tonnadan ziyod chiqindilar olib chiqildi. Energetika va kommunal xizmatlar yangilanmoqda.

Hududdagi elektr xoʻjaligi obyektlari, transformatorlar, 8 ta bosh va 96 ta qavatlararo elektr taqsimlovchi shitlar mukammal taʼmirlandi.  Bundan tashqari uylarning yertoʻla qismlarini taʼmirlash, oqova va ichimlik suvi quvurlarini yangilash, elektr jixozlari va kabellarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, tutash hududlardagi 20 dan ziyod noqonuniy qurilmalar tegishli masʼullar tomonidan bartaraf etildi.