Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi mutasaddilari G‘allaorol tumani Marjonbuloq shaharcha qayta rekonstruksiya qilingan qozonxonani ko‘zdan kechirdilar
Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi mutasaddilari G‘allaorol tumani Marjonbuloq shaharcha fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p kvartirali uylar va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik bilan ta’minlash maqsadida qayta rekonstruksiya qilingan qozonxonani ko‘zdan kechirdilar. O'rganishlar davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.
Ma'lumot o'rnida ta'kidlash lozimki, ushbu hududda 17 ta ko‘p kvartirali uy va 716 ta xonadon mavjud bo'lib, qozonxona mazkur uylarni isitishga xizmat qiladi. Ayni paytda boshqarma mas'ullari tomonidan hududlardagi kommunal ahvolni o'rganish ishlari davom etmoqda.