UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlarda "5 qavatli dom qanday qilib 6 qavat bo'lib qoldi" mavzusida tarqalgan xabar yuzasidan Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni ma'lum qiladi:

Mazkur obyekt 2020-yil ro'yxatdan o'tgan bo'lib, loyihachisi "Grand super projekt" MCHJ sanaladi. Loyiha hujjatlarida 5 qavatli 6-qavati mansardali qilib ko'rsatilgan bino uchun ekspertiza xulosalari ham olingan. Ushbu ko'p kavatli turar joyning qurilish-montaj ishlari 2022-yilda to'xtab qolgan hamda to'liq yakuniga yetkazilmagan. Boisi "Maxfuza - O" MCHJ pudrat tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari uchun olingan kreditlar o'z vaqtida qaytarilmaganligi uchun sud orqali ATB Asaka bank Jizzax filiali balansiga o'tkazilgan.

Bugungi kunda tijorat banki tomonidan qurilish-montaj ishlarini to'liq yakuniga yetkazish uchun auksion savdolari e'lon qilingan.