Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (Reyd tadbirlari)
Reyd tadbirlari davomida Jizzax viloyatida ichimlik suvi tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulanganlar aniqlandi.
Xususan, Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Paxtakor tumani Buyuk ipak yo'li MFY hududida o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 3 ta holatda fuqarolar tomonidan ichimlik suvi tarmog'iga noqonuniy ulanib, foydalanib kelayotganlar ma'lum bo'ldi.
Shu bois hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan huquqbuzarlarga ma'muriy jarimalar qo'llanildi hamda qonuniy tartibda ulangunga qadar ichimlik suvi tarmog'idan vaqtinchalik uzib qo'yildi.