UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxda yana bir sifatsiz bino qurilayotgani aytilmoqda” mavzusidagi video tarqaldi.  Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan mazkur obyekt doimiy nazoratga olingan.

“Infratuzilmani rivojlantirish” IK davlat muassasi buyurtmachiligida loyiha tashkiloti “Asilshox loyiha” MCHJ hamda pudratchi tashkilot  “OOO Pro injiniring group” MCHJ tomonidan Jizzax shahrida 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatini rekonstruksiya qilish, yangi qurilishi rejalashtirilgan maktab oʻquv binosi va mavjud binoni taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 

Ushbu obyekt hududiy inspeksiyadan joriy yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, foydalanishga topshirish muddati 2024-yil 25-noyabr etib belgilangan.

Inspeksiya tomonidan bu yerda 14 marta monitoring ishlari olib borilgan va aniqlangan kamchiliklar bo'yicha 34 ta bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berilgan, shuningdek, mas'ullarga maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan.

Xususan, nazorat ishlari toʻliq va sifatli olib borilmagani uchun buyurtmachiga 13-avgustda va loyihachi tashkilotiga 27-avgustda taqdimnomalar berilgan.

Hozirgi kunda mavjud binoni taʼmirlash ishlari yakunlangan, yangi 336 oʻrinli oʻquv binosining tomini yopish ishlari tugatilib, tashqi pardozlash ishlari  zamonaviy energotejamkor bazalt qoplamalardan foydalangan holda amalga oshirilgan. 

Bugungi kunda qilinayotgan ichki pardozlash ishlari qish mavsumida havo haroratining sovub ketganligi sababli qurilish meʼyoriy qoidalariga asosan loyiha tashkiloti “Asilshox loyiha” MCHJ bilan kelishilgan holda gipsokarton panellari qoplash ish turiga oʻzgartirilgan. Bino ichida haroratning nol gradusdan pastga tushib ketmasligini taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish qurilmalaridan foydalanilmoqda.