UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Joriy yilda uy-joylar hamda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari qurilishi boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilish tafsilotlari

 Davlatimiz rahbari tomonidan quruvchilarga qo'shimcha yengillik va imtiyozlar yaratilishi ma'lum qilindi:

  • Pudrat tashkilotlarining aylanma mablag‘ini ko‘paytirish uchun 500 milliard so‘m resurs yo‘naltiriladi. Bunda yillik 16 foiz stavkada 12 oylik imtiyozli davr bilan 18 oyga imtiyozli kreditlar ajratiladi.
  • Endilikda 5 qavatli uylarni barpo etishga kamida “qoniqarli” va 9 qavatli uylarga “o‘rta qoniqarli” reytingiga ega bo‘lgan pudratchilar jalb qilinadi. Bu qo‘shimcha 2 mingga yaqin pudratchiga yo‘l ochib beradi.
  • Turar-joylar qurilishida “yashil” standart joriy qilinadi. U asosida bunyod etiladigan uy uchun pudratchilarga kreditlar bir foiz past, ya'ni yillik 15 foiz stavkada beriladi.
  • Pudratchilarga kreditlar bo‘yicha kafillik berish va foiz xarajatini qisman qoplashga tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Uy qurilishi uchun maxsus texnikalar importi bo‘yicha berilgan bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi.