UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Эълонлар

Joriy yilning 10-11-12-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro Investitsiya forumi (TIIF) doirasida uchrashuv kutmoqda

"Yangi Toshkent" loyihasi doirasida xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb etish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 10-11-12-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro Investitsiya forumi (TIIF) doirasida bizni yana bir muhim uchrashuv kutmoqda.

Forumning “Shaharsozlik va qurilish: Barqaror va qulay o‘sish uchun infratuzilmani modernizatsiya qilish” mavzusidagi sessiyasida  Crossworks Ltd kompaniyasining asoschisi va bosh direktori Hakan Agca o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

TIIF nafaqat mintaqamizdagi eng yirik investitsiya anjumani, balki urbanizatsiya, barqaror infratuzilma va zamonaviy shaharsozlik bo‘yicha ilg‘or tajribalarni almashish maydonidir. Bu yilgi forum tarkibi va ishtirokchilari yanada keng hamda ta’sirchan bo‘lishi kutilmoqda.

Forumda ishtirok etishni istaganlar hali ham ro‘yxatdan o‘tishga ulgurishlari mumkin.

Yangi Toshkent — bu nafaqat yangi shahar, balki yangi imkoniyatlar makoni.