UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Jurnalistlar qurilish-arixtektura yo'nalishidagi muhandislik loyihalari bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yilning aprel oyi “Muhandislik oyligi” deb eʼlon qilingan edi. Shu munosabat bilan bugun Toshkent arxitektura-qurilish universitetida press-tur bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan OAV vakillari universitetda muhandislik yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, talabalar tomonidan bajarilgan innovatsion loyihalar va ularning ilmiy-amaliy ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.

Press-tur ishtirokchilariga universitetning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan dual taʼlim dasturlari asosida olib borilayotgan faoliyati, shuningdek, yetakchi qurilish kompaniyalari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari haqida ham batafsil maʼlumot berildi.