UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Kamchiliklar bartaraf etilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Jo‘rayeva murojaat asosida poytaxtimizning Uchtepa tumani “Tepaqo‘rg‘on” mahallasida boʻlgan edi. 

Unda mahalladagi 15 ta uyga xizmat koʻrsatuvchi “Komfort uyim” BSKga bir qator mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berilib, ijrosi yuzasidan aniq muddat belgilangan edi.  

Hududlarni obodonlashtirish, tom, kirish yoʻlaklarini ta’mirlash, yertoʻla qismlarini tartibga keltirish shular jumlasidandir.

Hozirda kompaniya tomonidan ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Koʻp qavatli uylar atrofi obodonlashtirilib, muammoli masalalar oldi olinmoqda. 

Shuningdek, hududdagi debitor qarzdorlikni oldini olish maqsadida kompaniya mas’ullari va faollar tomonidan aholi orasida targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.