Kegeyli tumani “Baxtli” MFY hududidagi 19-sonli umumtaʼlim maktabi binosi ham shu kunlarda rekonstruksiya qilinmoqda
Kegeyli tumani “Baxtli” MFY hududidagi 19-sonli umumtaʼlim maktabi binosi ham shu kunlarda rekonstruksiya qilinmoqda. 420 oʻrinli oʻquv muassasasi qurilishida texnik xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan. Xususan, vazir oʻrinbosari T.Alimatov bino fasad ishlarini sifatli bajarish, evakuatsiya narvonlarini oʻrnatish, sanuzelga kirish ostonasini bartaraf etish kabi masalalar haqida oʻz eʼtirozlarini bildirdi.
“Qurilishda loyiha asosida toʻgʻri qaror qabul qilish, ishimizning asosiy mohiyatini belgilab beradi. Bu yerda ertamiz egalari, farzandlarimiz taʼlim oladi. Ular uchun eng maqbul sharoitlarni yaratish ham talab, ham majburiyat”, - dedi T.Alimatov.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlaridagi ijtimoiy soha obyektlari qurilishi jarayonlarini tahliliy oʻrganish ishlari davom etmoqda. Tumanning “Juzimbogʻ” mahallasidagi 40-umumtaʼlim maktabi ham 180 oʻringa moʻljallab qayta qurilmoqda. Shu yilning 1-noyabriga qadar topshirilishi reja qilingan obyektda sanuzel, eshik ostonalarini oʻrnatish ishlarida loyihadan chetga chiqilgan.
Mutasaddilarga ushbu kamchiliklar koʻrsatilib, uni bartaraf etish choralari belgilab olindi.