UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

KO'NGILLARDAN MANZILLARGA KO'CHAYOTGAN OBODLIK!

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish" Respublika markazi DM va uning hududiy boshqarmalari vakillari tomonidan "Yashil makon" loyihasi doirasidagi xayrli ishlar poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan 253–MTT misolida davom etmoqda. 

400 nafar kichkintoylarni o'zida jamlagan tarbiya maskani hududida tashkil etilgan bog'ga ekspertlar tomonidan jami 300 ga yaqin mevali daraxt ko'chatlarini ekish reja qilingan. 

Uyushqoqlik asosida davom etayotgan jarayonda hududlarni, ariq-zovurlarni tozalash masalalari ham chetlab o'tilmadi. Quvonarlisi, bularning bariga guvoh bo'layotgan kichkintoylar ongida munosib ibrat maktabi o'talmoqda. 

Albatta, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi hamda uning barcha tizim tashkilotlari tomonidan hududlarda ko'ngildan boshlangan bugungi obodlik ertangi farovonlikka xizmat qiladi. 

Ma'lumot o'rnida, vazirlik jamoasi tashabbusi bilan shu haftaning o'zida 5 000 ta manzarali va mevali daraxt ko'chatlarini o'tqazish rejalashtirilgan. Respublika miqyosida mazkur ko'rsatkich 1 000 000 tup daraxtni tashkil etadi.