Ko'p kvartirali uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv organlari bilan uchrashuv tashkil etilmoqda
Toshkent shahrining barcha tumanlarida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat kórsatish boshqarmasi mas'ullari, hokimlik vakillari ishtirokida ko'p kvartirali uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv organlari bilan uchrashuv tashkil etilmoqda.
Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek va Bektemir tumanlarida bo'lib o'tgan ayni uchrashuvda ham ko'p kvartirali uylarni ekspluatatsiya qilish, xizmat ko'rsatish sohasini yaxshilash yuzasidan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, ko'p kvartirali uylarda zarur ta'mirlash-tiklash ishlari, muhandislik tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash choralarini ko'rish, boshqaruv organlari pasportini har bir kirish yo'laklariga o’tnatish, hududlarni obodonlashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish lozimligi ta'kidlandi. Shu bilan birga aholidan kelib tushgan murojaatlarni o'z vaqtida bartaraf etish choralarini ko'rishga alohida e'tibor qaratish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Qayd etish lozimki, bunday uchrashuvlar barcha hududlarda o’tkazib kelinmoqda.



.jpg)

