UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari uchun muhim yangilik

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kommunal to‘lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonunning 3-moddasiga muvofiq, ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlariga fuqarolik ishlari bo‘yicha va iqtisodiy sudlarga murojaat etganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, ushbu Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida uning mazmun-mohiyati yuzasidan Respublika miqyosida boshqaruv tashkilotlari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Endilikda boshqaruv tashkilotlari ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish yuzasidan sud buyrug‘ini berish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha yoki iqtisodiy sudlarga murojaat etganda, arizaga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati qat'iy belgilanib boshqaruv tashkilotlari sudlarga murojaat etganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.