UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Ko'p kvartirali uylarni boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi" mavzusida  matbuot anjumani

Matbuot anjumani avvalida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov aholiga kommunal xizmatlar ko'rsatish sohada amalga oshirilayotgan ishlar, tizimni isloh qilishdagi chora-tadbirlar masalasiga to'xtaldi.

- Hozirgi kunda barcha sohada bo‘lgani kabi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bugungi kunda respublikada 1 mln 400 mingdan ziyod xonadondan iborat  42 057 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo‘lib, shundan  38 686 ta uylarga 819 ta boshqaruvchi tashkilotlari, 836 tasiga 156 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatadi.
Boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan ma'muriy bino qurish va ta'mirlash uchun 58 mlrd so‘m mablag‘ sarf qilindi. 
Ta'kidlash lozimki, bugungi kunda boshqaruvchi tashkilotlar balansida jami 17 mingtadan ziyod  zarur moddik-texnika va uskunalar mavjud. Shuningdek, boshqaruvchi tashkilotlarida 11 ming nafardan ortiq ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. 
2023/2024-yillar respublikadagi 5 684 ta ko‘p kvartirali uylarda jami 278,6 mlrd so‘m mablag‘lari hisobidan ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, boshqaruv tashkilotlari mablag‘lari hisobidan 2024-yil 30-aprel holatiga 1 008 ta ko‘p kvartirali uylarda ta'mirlash ishlari olib borildi. 

Shuningdek, respublika bo‘yicha 2024-2025-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida boshqaruv tashkilotlarining 5 493 ta ko‘p kvartirali uylarni 126,6 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan joriy ta'mirlash rejalashtirildi. Hozir kun holatiga ko‘ra mazkur ishlarning 20 foizi bajarildi, - deya ta'kidladi Sh.Hidoyatov.