Ko'p qavatli turar-joy binosini qurish obyektida navbatdagi nazorat tadbiri o'tkazildi (Hududlardan xabarlar)
2024-01-10
Jizzax shahri "Oqtosh ota" MFY hududida buyurtmachi “Aziza Credo Max” MCHJ tomonidan ko'p qavatli turar-joy binosini qurish obyektida navbatdagi nazorat tadbiri o'tkazildi.
Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- obyektda “Qurilishda texnika xavfsizligi” me'yoriy hujjat talablariga rioya qilinmagan, ya’ni bino qavatlaridagi lift shaxtasiga kirish qismi vaqtinchalik to‘siq bilan o'ralmagan;
- yashirin ishlar qaydnomasi to’liq rasmiylashtirilmagan;
- obyektda ijro hujjatlari, umumiy ishlar va beton ishlari jurnali, qurilish materiallarining kirim jurnallari o'z vaqtida yuritilmagan.
Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi va loyiha tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda qurilish-montaj ishlari nazoratga olindi.




