UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ko‘p qavatli uylar xavfsizligi mustahkamlanmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va hududiy boshqarma mas'ullari, shuningdek,   Navoiy shahar hokimi, shahar prokurori, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va tegishli kommunal soha tashkilotlari vakillari ishtirokida ko‘p qavatli uylarning kirish qismlariga zamonaviy domofon qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yildagi 1-sonli qaroriga ko'ra fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va mahallalarda ijtimoiy muhit barqarorligini mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Ayniqsa, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining xotirjamligi uchun kirish-chiqish nazorati tizimini yo‘lga qo‘yish ustuvor yo‘nalishlardan sanaladi.

O‘rganishlar davomida domofon qurilmalarining texnik imkoniyatlari, ularning o‘rnatilishi, foydalanish bo‘yicha fuqarolarga berilayotgan tushuntirish ishlari, shuningdek, mazkur ishlarning moliyaviy va tashkiliy jihatlariga eʼtibor qaratildi. Ayni kunlarda uylarga domofonlarni o‘rnatish ishlari  olib borilmoqda. 

Masʼullar tomonidan qurilmalarni sifatli va belgilangan muddatda o‘rnatish, shuningdek, aholining ushbu tizimdan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan  topshiriqlar berildi.