Ko’p qavatli uylarda energosamaradorlikni oshirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag’ishlangan press-tur o’z ishini boshladi
Ko’p qavatli uylarda energosamaradorlikni oshirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag’ishlangan press-tur o’z ishini boshladi. Sirdaryo viloyati Guliston shahri misolida tashkil etilgan tadbirda dastlab “Bo’ston”, “Buyuk Turon” mahallalariga xizmat ko’rsatuvchi “Istiqlol kommunal ta’mir xizmat” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi.
Tadbir doirasida vazir o’rinbosari aholi bilan suhbatlashib, ko’p qavatli uylarda energosamaradorlik ko’rsatkichlarini yaxshilashda aholining daxldorligini oshirish muhimligiga urg’u berib o’tmoqda
Sirdaryo viloyatida jami 1 930 ta koʻp kvartirali uylar mavjud boʻlib, ularga 34 ta BSK hamda 1 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat koʻrsatib kelinadi.
Koʻp kvartirali uylarni energiya samaradorligini oshirish boʻyicha davlatimiz rahbarining katta eʼtiborlari natijasida koʻp qavatli uylarning fasad qismlarini energiyani saqlovchi bazalt bilan qoplash boʻyicha bir qator dasturlar ishlab chiqildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan viloyatdagi jami 215 ta koʻp kvartirali uylarni (tom qismini taʼmirlash, bazalt qoplamasi bilan qoplash, issiqlik taʼminotini yaxshilash va tutash hududlarni obodonlashtirish kabi) ish turlari boʻyicha manzilli roʻyxat shakllantirilgan.
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit mablagʻlari hisobidan Guliston shahridagi jami 122 ta koʻp kvartirali uylarning fasad qismlarini energiyani saqlovchi bazalt qoplamasi bilan qoplash boʻyicha ishlar boshlab yuborilgan.
Hozirgi kunga qadar 66 ta ko’p qavatli uylarda ta’mirlash ishlari tugatilgan.