UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari faoliyati tanqidiy o’rganilmoqda

Mamlakatimizda ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari uchun yaratilgan shuncha imtiyoz va imkoniyatlarga qaramay ba’zi “guruch ichidagi kurmaklar” o’zlari o’rgangan tizim va samarasizlikdan holi bo’la olmayotgani ayni haqiqat. 

 Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hamda Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Sharofiddin Qodirov bugun poytaxtimizning Sergeli tumanida bo’lib mana shunday qoniqarsiz holatga guvoh bo’ldilar.

 “Ziynat” mahallasidagi 17 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi “New era builders” boshqaruv kompaniyasi faoliyati haqiqatan bugungi talablarga umuman javob bermaydi. Aniqlandiki, uning boshqaruvidagi uylar kuz-qish mavsumiga tayyor emas, ko’p qavatli uylarning yerto’la qismi antisanitar holatda.

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva bir necha bor ushbu hududga kelib, boshqaruv organi rahbarini ogohlantirishiga qaramay, tog’ri xulosa chiqarilmagan. Ko’p qavatli uylar tartibsiz, hattoki boshqaruv binosi ham ayanchli qiyofa kasb etgan.

 Mutasaddilar ushbu holatni tezkorlik bilan bartaraf etish, ko’p qavatli uylardagi muammolarni tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda bartaraf etish choralarini ko’rishni muhokama qildilar. 

Boshqaruv organi rahbariga boshqaruv qoidalariga amal qilmagani, xalq oldidagi majburiyatlarini bajarmayotgani uchun tegishli tartibda chora ko’rish lozimligi qayd etildi.