Ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari vakillari uchun seminarlar va treninglar
Xabar berganimizdek, poytaxtimizning barcha tumanlarida ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari vakillari faoliyatini yaxshilash, ularda zamonaviy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Unda vazirlikning Ko'p xonadonli uylarga xizmat ko'rsatish faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ullari ham ishtirok etib, xizmat ko'rsatish sohasini takomillashtirish, sohaga yangi islohotlarni joriy etish, qonunchilikdagi yangiliklar bo'yicha ishtirokchilarga batafsil ma'lumot bermoqdalar. Shuningdek, sohada yillar davomida mehnat qilib kelayotgan tajribali mutaxassislar tomonidan ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish, aholiga sifatli xizmat ko'rsatishni tashkil etishga bag'ishlangan taqdimotlari o'tkazilmoqda. Qiziqarli bahs-munozaralarga boy tadbir barcha uchun foydali bo'lmoqda. Ishtirokchilar o'zaro tajriba almashish asnosida yangi bilimlarga ega bo'lmoqdalar.
Ma'lumot o'rnida ta'kidlash lozimki, bugungi kunga qadar bunday seminarlar poytaxtimizning Bektemir, Mirobod, Olmazor, Mirzo Ulug'bek, Uchtepa, Sergeli tumanlarida bo'lib o'tdi.