UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

"Ko’p qavatli uylarni boshqarish sohasidagi ishlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik chora-tadbirlariga bag’ishlangan"  matbuot anjumani

Matbuot anjumanida Ozoda Jo’rayeva so’z olib, mamlakatimizda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari haqida ma’lumot berdi:

- 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida boshqaruv organlari tomonidan jami 9 812 ta ko‘p kvartirali uyni 247 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan joriy ta’mirlash rejalashtirilgan.

Mazkur ishlarni boshlash uchun respublikadagi mavjud ko‘p kvartirali uylar xatlovdan o‘tkazilib, kuz-qish mavsumiga tayyorlash zarur bo‘lgan ta’mirtalab uylar ro‘yxati shakllantirildi. Bunda eng avvalo, aholi murojaatlari hamda hududlardagi mavjud muammolar o‘rganilib, chuqur tahlil qilindi.

Mazkur ishlar tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari jalb qilinmagan holda, jami 754 ta boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda dastur doirasida 4 478 ta ko‘p kvartirali uyda ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Jumladan, 1 454 ta uyning tom qismi, 3 092 ta kirish yo‘laklari ta’mirlandi. Kirish yo‘laklariga 725 ta temir eshiklar, 7 559 kvadrat metr framuga oyna romlar o‘rnatildi. 2 050 ta elektr taqsimlovchi shit, 1 090 yerto‘la, 722 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 332 ta uyning fasad qismi ta’mirlandi.  Jami  34 419 ta energiya tejamkor sensorli lampalar o‘rnatish amalga oshirildi.

Belgilangan reja ko‘rsatkichlarini joriy yilning 1-oktabr sanasiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.


 

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, sohada yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilib, mazkur yo‘nalishda so‘nggi uch yilda 25 ta normativ-huquqiy hujjat va dasturlar ishlab chiqildi.

Davlat budjetidan ajratilgan 50 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan
2024-2025 yilda 9 ta mahallalardagi deyarli 40 ming nafar aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 14 ta ichimlik suv inshooti qurish va 231 km uzunlikdagi tarmoq tortish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda mazkur 9 ta obyektda 183 km uzunlikdagi tarmoq tortildi va 14 ta inshootda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Ichimlik suv ta’minoti obyektlari va uskunalarini 2024-2025 yillar kuz-qish davriga tayyorlash maqsadida hududlardagi ichimlik suvi tarmoqlarining 3 272 km uzunlikdagi tarmoqlari va 1 583 ta nasos uskunalarini joriy va mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.

Hozirga qadar 1 607 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari va 1 060 ta nasos uskunalari ta’mirlandi.