Ko‘p qavatli uylarni qurishda seysmik xavfsizlik va shaharsozlik talablariga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasida ko‘p qavatli uylarni qurishda seysmik xavfsizlik va shaharsozlik talablariga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari T.Alimatov ishtirok etdi.
Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, loyiha-pudrat tashkilotlari, hududiy nazorat inspeksiyasi, Kadastr agentligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlarning mutasaddilari bilan birga tashkil etilgan yig‘ilishda qurilish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan subyektlar to‘g‘risida nazorat inspeksiyasi vakilining hisoboti ham tinglandi.
Vazir o‘rinbosari bino-inshootlarning seysmik mustahkamligi bo‘yicha 405-sonli Hukumat qarori talablariga qat’iy amal qilinishi, qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda ekanligi hamda bu yo‘nalishda qonuniylikni ta’minlash, sohaga ilmiy va texnik yondashuvni kuchaytirish zarurligini alohida qayd etib o‘tdi.