UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ko‘p xonadonli uylarni samarali boshqarish bo‘yicha dars mashg‘uloti! 

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo'rayeva Kompetensiyani rivojlantirish institutida "Ko‘p xonadonli uylar boshqaruvini amalga oshirish" yo‘nalishida ta'lim olayotgan tinglovchilar uchun dars mashg‘ulotini olib bordi.

Dars davomida ko‘p xonadonli uylarni samarali boshqarishning asosiy tamoyillari, zamonaviy boshqaruv tizimlari va ilg‘or tajribalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, uy-joy fondini saqlash, aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatish, uy-joy mulkdorlarining huquq va majburiyatlari kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tinglovchilar dars jarayonida faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, soha bo‘yicha milliy va xalqaro tajriba tahlil qilindi.

Ushbu muloqot tinglovchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitib, uy-joy boshqaruvi sohasidagi muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha o'zaro fikr almashishlariga  imkon yaratdi.