Kommunal sohada faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlari diqqatiga!
So'nggi vaqtlarda boshqaruv organlariga debitor qarzdorlikni tizimdan o'chirish yuzasidan noto'g'ri talablar bo'layotganligi haqidagi ma'lumotlar tarqalmoqda. Mazkur holat qonunga zid va sizni quyidagilardan ogohlantiramiz!
Tegishli qonunchilikka ko‘ra debitor qarzdorlikni turli yo‘llar bilan o‘chirib yuborishga urinish va buni sodir etish yoxud mazkur jarayon ishtirokchisiga aylanish qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi!
Unutmang! Debitor qarzdorlik asosli bo‘lsa-yu, o‘rtada nizoli holat kuzatilayotgan bo‘lsa, bu masalaga faqatgina sudlarga da’vo ariza kiritish orqali yechim topish mumkin.
Sudlarga da’vo ariza kiritish uchun sizda tegishli hujjatlar mavjud bo‘lmasa, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalariga ushbu qarzdorliklarning ro‘yxati hamda hujjatlarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan asoslarni taqdim qiling.
Shuningdek, agar sizda qarzdorlikni asoslovchi hujjatlar bo‘lmasa va mulkdordan pul talab qilsangiz, sizga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishidan ogohlantiramiz.
Sizga hujjat va ish yuritish sohasida maslahat kerak bo‘lsa, "Kommunal ta’minot markazi" davlat muassasasiga yoki quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
(97) 3217776; (90) 5477033