Kommunal sohada noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo’yiladi!
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida ayni damda aholining kommunal sohaga oid murojaatlari vazir oʻrinbosari Ozoda Jo’rayeva tomonidan qabul qilinmoqda.
Hozirga qadar 6 ta murojaat qabul qilindi. Xususan, boshqaruv organini elektron reyestrga biriktirish tartibi, “Mening uyim” billing tizimi hamda boshqaruv organi faoliyatidan norozilik kabi masalalar muhokama qilindi.
Vazir o’rinbosari kommunal soha tobora raqamlashib, boshqaruv organini o’zgartirish, tizimga biriktirishda inson omili kamayib borayotganiga urg’u berib o’tdi:
- Noqonuniy xatti-harakatlarga tizimni to’liq raqamlashtirish orqali chek qo’yish asosiy maqsadimiz. Hozirda ko’p qavatli uylarni boshqarish organlarini reeystrga biriktirish davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bu sohada tartibni saqlash, inson omilini kamaytirish imkonini beradi,- dedi vazir o'rinbosari.
Qabul davom etmoqda.