UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

"Kommunal ta‘minoti markazi" mutaxassislari tomonidan hududlarda "Mening uyim" billing tizimidan foydalanish bo’yicha o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "Kommunal ta‘minoti markazi" mutaxassislari tomonidan hududlarda "Mening uyim" billing tizimidan foydalanish bo’yicha o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida bo’lib o’tgan o’quv seminarlarida ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari ishtirok etib, mutaxassislarga tizimdan foydalanish qoidalarini o’rganmoqdalar.

Mazkur o‘quv kursi "Mening uyim" tizimida ishlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘z ichiga olib, billing tizimi bo‘yicha ishlayotgan xodimlarni malakasini oshirishni nazarda tutadi.

Seminar yakunida boshqaruv servis kompaniyalari xodimlariga maxsus sertifikatlar topshirilmoqda. 

Ta’kidlash lozimki, "Mening uyim" billing tizimi bo’yicha o‘quv seminari boshqa viloyatlarda ham davom etadi.