Kompetensiyani rivojlantirish instituti mas’ullari “Golden house” development kompaniyasida bo’ldilar
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti mas’ullari bugungi kunda mamlakatimiz ko’chmas mulk bozorida yetakchi kompaniyalardan biri bo’lgan “Golden house” development kompaniyasida bo’ldilar.
Mas'ullar tomonidan kompaniyada faoliyat yurituvchi muhandislar, texnik nazoratchilar va boshqa tor soha vakillariga institut faoliyati, maqsadi xususida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, bugungi kunda qurilish va uy-joy kommunal sohasida mutaxassislarni sertifikatlashtirish, malakasini oshirishga alohida e’tibor berilayotgani ta’kidlandi.
Bu borada davlatimiz rahbarining tegishli farmoni hamda "Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo'jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining 460-son qarori qabul qilinganligi qayd etildi.
Shuningdek, tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishga muvaffaq bo’ldilar. Jumladan, institut tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslarida malaka oshirish tartibi, tashkiliy masalalar, o’quv jarayonining borishi yuzasidan bildirilgan masalalar muhokama qilindi.





