UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Kompetensiyani rivojlantirish instituti mas'ullari tomonidan joylarda targ'ibot ishlari o'tkazib kelinmoqda

Ta'kidlab kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan Kompetensiyani rivojlantirish institutida qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar malakasi oshirilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 460-sonli qarori ijrosi hamda mazkur qaror mohiyatini targ'ib qilish maqsadida Kompetensiyani rivojlantirish instituti mas'ullari tomonidan joylarda targ'ibot ishlari o'tkazib kelinmoqda. Bunda mutaxassislarni sertifikatlash tartibi, uning o'ziga xos talablari va imkoniyatlari haqida atroflicha ma'lumot berilmoqda. 

Xususan, bugungi tadbir Deko-Kron qurilish korxonasida bo'lib o'tdi.
- Bugun hamma sohalar kabi shaharsozlik yo'nalishida ham zamonaviy texnologiyalarga talab katta. Mazkur texnologiyalarni amaliyotda qo'llash esa ishchi-xodimdan katta mas'uliyat, bilim va ko'nikma talab etadi. Shu ma'noda biz ta'lim tizimimizni so'nggi, innovatsion yechimlar asosida ishlab chiqqanmiz. O'quv kurslarimizda berib borilayotgan nazariy hamda amaliy bilimlar sizning kelgusi faoliyatingiz samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, - dedi institut mas'uli F.Mamajonova.

Alohida qayd etish lozimki, ayni targ'ibot tadbirlari sohani takomillashtirish yo'lidagi muhim ishlarning debochasi bo'lib xizmat qilmoqda.