Kompetensiyani rivojlantirish instituti vakillari Xitoyda
Qurilish va kommunal sohada ta’limni rivojlantirish, tizim vakillarining malakasini oshirish imkoniyatlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A’zamiddin Qo’ldashev boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda bo’lib turibdi.
Bugun institut vakillari hamda boshqa mutasaddi tashkilot vakillaridan iborat delegatsiya Xitoyning Xanchjou shahrida Zhejiang Institute of Construction institutiga tashrif buyurdilar va ushbu institut rahbari bilan uchrashuv tashkillashtirildi.
Unda har ikki tomonning faoliyat yo’nalishlari tanishtirildi. O’zaro o’xshash va farqli tomonlar muhokama qilindi. Xususan, kelgusida tajriba almashish, tinglovchilar malakasini hamkorlikda oshirish, ilmiy va amaliy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko’rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida har ikkala institut o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Delegatsiyaning Xanchjou shahriga tashrifi davom etmoqda.