Kompetensiyani rivojlantirish institutida 55-mavsum tinglovchilari amaliyot mashg‘ulotlarini boshladi!
Kuni kecha Kompetensiyani rivojlantirish institutida 55-mavsum tinglovchilari amaliyot mashg‘ulotlarini boshladi!
Toshkent shahridagi zamonaviy yirik qurilish obyektlarida bo'lib o‘tayotgan amaliy mashg‘ulotlarni malakali, sohada yetarli tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.
Xo'sh, mazkur o'quv mashg'ulotlarida kimlar qatnashmoqda?
- Loyiha bosh muhandislari;
- loyiha bosh arxitektorlari;
- shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar;
- qurilish pudrat tashkilotlarining ichki nazoratchilari;
- qurilish obyektlarida texnik nazoratni olib boruvchi xodimlar.
Tinglovchilar birinchi kunning o‘zidayoq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, foydali bilimlarga ega bo‘ldilar. Olingan tajriba ularning kelajakdagi faoliyatini yanada samarali olib borishiga yordam berishi shubhasiz.
Amaliyot darslari davom etmoqda!