UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Kompetensiyani rivojlantirish institutida 90-mavsum tinglovchilari uchun darslar boshlandi

Yangi o‘quv jarayoni tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirilgan.

Ko‘p kvartirali uylar boshqaruvi guruhi ikki hafta davomida nazariy darslarni o‘zlashtiradi. Shu vaqt mobaynida ular uch marotaba namunali boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan tanishib, o‘z bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qurilish va shaharsozlik sohasida davlat nazorati yo‘nalishida esa o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich tashkil etilgan. Avval bir hafta davomida nazariy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, keyinchalik sakkiz kunlik masofaviy ta’lim va to‘rt kun yirik qurilish obyektlarida amaliy dars mashg‘ulotlari tashkil etiladi. O‘quv jarayoni yakunida tinglovchilar bilimlari test orqali baholanadi.

Umumiy hisobda 60 ga yaqin tinglovchi ushbu jarayonlarda ishtirok etmoqda. Ular nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni ham egallab, sohada samarali faoliyat yuritishga tayyorlanmoqda. Institutning asosiy maqsadi esa tinglovchilarning bilim va tajribasini yanada boyitib, malakali mutaxassislar safini kengaytirishdan iborat.