Kompetensiyani rivojlantirish institutida malaka oshirish darslari davom etmoqda
Institutda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasining ichimlik suv ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish yo'nalishida nazorat tadbirlarini amalga oshiruvchi xodimlar uchun malaka oshirish darslari bo'lib o'tmoqda.
Malakali mutaxassislar tomonidan tinglovchilarga xalqaro standartlar asosida darslarning tashkil etilishi hamda nazariy olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida Toshkent shahridagi "Salar" oqova suv tozalash inshootida amaliy darslar o'tkazildi.
Jarayonda tinglovchilar inshootda oqova suvlarning qay tartibda tozalanishi, suvning iste'molchilarga qanday holatda taqsimlanish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.