UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Kompetensiyani rivojlantirish institutining mas’ullari Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bo’ldilar

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutining mas’ullari tegishli Farmon hamda qarorlarning mazmun-mohiyati haqida soha vakillariga tushuncha berish, unda belgilangan vazifalarni keng targ’ib qilish maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bo’ldilar.

Kuni kecha “Olmaliq kon-metallurgiya kombinanti” AJning tarkibiy bo’linmalaridan hisoblangan “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Metallurgiya majmualarini qurish direksiyasi, “Yoshlik-1” koni hamda Kapital qurish boshqarmasi xodimlari uchun ayni maqsadda uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu soha vakillari orasida aynan qurilish-montaj, obyektlarni texnik nazorat va ekspertizadan o’tkazish faoliyati bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarning malakaviy ko’nikmalarini oshirish tartibi, institut tomonidan bu borada yaratilgan sharoitlar bo’yicha ma’lumot berildi.

Ma’lumot uchun, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinanti” AJ respublikamizning 5 ta viloyatida joylashgan bo’lib, bunda 40 dan ortiq sanoat va ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan tarkibiy bo’linmalarda 36 ming nafardan ortiq ishchi-xodimlar faoliyat yuritib keladi.