Komplaens nazorati boʻyicha bosh mutaxassis vakant lavozimiga ochiq tanlov eʼlon qiladi
“Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi Komplaens nazorati boʻyicha bosh mutaxassis vakant lavozimiga ochiq tanlov eʼlon qiladi.
Tanlovda yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq yoki audit yoʻnalishlarida oliy maʼlumotga ega, mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yillik ish stajiga ega (shundan kamida 1 yili davlat boshqaruvi organlarida) nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Soha boʻyicha xalqaro tajribaga ega yoki chet elda tahsil olgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
Ishtirok etish uchun toʻliq toʻldirilgan rezyume (telefon raqamlari aniq koʻrsatilgan boʻlishi shart) vakansiya nomi koʻrsatilgan holda injiniringkompaniya@gmail.com elektron pochtasiga yuborilishi lozim.
Hujjatlar 2025-yil 25–28-iyun kunlari qabul qilinadi.
Murojaat uchun:
Sayfitdinov Nodir
97 604-43-89