UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Konferensiya doirasidagi birinchi sho’ba - Markaziy Osiyo mamlakatlarining o’zini o’zo boshqarish organlari tajribasiga bag’ishlangan sessiya boshlandi

Konferensiya doirasidagi birinchi sho’ba - Markaziy Osiyo mamlakatlarining o’zini o’zo boshqarish organlari tajribasiga bag’ishlangan sessiya boshlandi. 

Unda vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva so’zga chiqib, uy-joy kommunal xizmatlar ko’rsatish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, boshqaruv servis kompaniyalari hamda hozirda tajriba tariqasida yo’lga qo’yilayotgan mahalla servis kompaniyasi faoliyati maqsadlari xususida to’xtaldi:

“2022-2024-yillarda boshqaruv servis kompaniyalari bozorining shakllanishi ortidan 12 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilib, mamlakamiz iqtisodiyoti uchun salkam 400 mlrd so‘mlik yalpi ichki mahsulot yaratildi. 

Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sohasiga tatbiq etilgan mazkur islohotlar bugungi kunda o‘zini to‘liq oqladi. Va aynan shuning uchun ham endilikda ushbu samarali tizimni yakka tartibdagi uy-joylarga ham joriy etishishlariga e’tibor qaratildi. 

Bu borada davlatimiz rahbarining “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturulamal bo‘ldi. 

Yurtdoshlarimizga qulaylik yaratishda eng chekka hududlarimizni ham qamrab olish tashabbusi bilan endilikda hovli joylar va mahallalar obodligini ta’minlash, ularni saqlash va obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida, mahalla servis kompaniyalari faoliyat boshladi.

Ya’ni mahallalarda, eksperiment tariqasida xususiy sektor ishtirokida mahalla obodligini ta’minlash bo‘yicha tubdan yangi tizim joriy etilib, respublikadagi 208 ta mahallalarda mahalla servis kompaniyasi tashkil qilindi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 10 mingga yaqin mahalla bo‘lsa, shundan hovli uylar joylashgan 6 ming 400 dan ortig‘ida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, asosan hashar yo‘li bilan qilinadi.
Shu bois bunday joylarda mahalla servis kompaniyasi tashkil qilish orqali mahallalarni obodonlashtirish, ko‘chalar va ariqlar tozaligini ta’minlash, ko‘chatlar ekib, parvarishlash, kommunal tarmoqlarni ta’mirlash, chiqindilarni saralash va tashish xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Birgina bular emas, aholi va kommunal xizmat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yilib, mahalla servis kompaniyalari tomonidan  hovli turar-joylarida istiqomat qiluvchi aholiga ko‘plab servis xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Uy ta’mirlashdan tortib, gilam yuvish, bolalarga enagalik qilish, yetkazib berish xizmati, maishiy xo‘jalik ishlarini tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kabilar shular jumlasidandir. Yoki xonadonini ta’mirlash uchun boshqa bir joydan quruvchi mutaxassislarni izlamay, o‘z mahallasidagi servis kompaniyasi xizmatidan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Eng muhimi, olis hududlardagi aholida ham kommunal madaniyat va o‘z mulkiga nisbatan daxldorlik hissi shakllantiriladi. Shuningdek, bunda ushbu mahallada yashovchilarning ish bilan bandligi ham ta’minlanadi”, - dedi Ozoda Jo’rayeva o’z nutqida.