Koʻp qavatli uylarning zilzilabardoshlik darajasi oʻrganish maqsadida ishchi guruh tomonidan monitoring ishlari olib borilmoqda
Xabar berganimizdek, Toshkent shahrida qurilayotgan koʻp qavatli uylarning zilzilabardoshlik darajasi, qurilish sifati va texnik holatini oʻrganish maqsadida ishchi guruh tomonidan keng qamrovli monitoring ishlari olib borilmoqda.
Oʻrganish jarayonida uylarning konstruktiv qismlari — poydevor, devor, qavat oraligʻi va tom qismlarining mustahkamligi, texnik hujjatlar bilan muvofiqligi hamda boshqa muhim koʻrsatkichlar tahlil qilinmoqda.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilyapti hamda ularni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.