UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

“Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish” mavzusiga bag'ishlangan tadbir

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “ToshboshplanLITI” bosh loyiha instituti DMda markaz xodimlari hamda Koʻp xonadonli uylarni mukammal va joriy taʼmirlash hamda issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish” mavzusiga bag'ishlangan tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i va boshqa tegishli mas’ullar sohada korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish yuzasidan targ'ibot ishlarini olib bordilar.

Avval ham ta'kidlaganimizdek, vazirlik tomonidan ham mazkur yo’nalishda zarur choralar belgilab olingan va ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish borasida samarali ishlar qilinmoqda. Yig’ilishda har qanday noqonuniy xatti-harakatlar oqibati, davlat xizmatchilarining hisobdorligi va mas’uliyatini oshirish masalalari ko'rib chiqildi.